09.10.2023
Joriy yilning 09-oktyabr kuni JIDU prorektori D.U.Amonov, JIDU akademik litsey ijrochi direktori O. S.Mannopova hamda Germaniyaning Viadrina universiteti koordinatori Rebekka Manke bilan diplomatik uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda kelgusida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida kelishib olindi hamda qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish borasida kelishuvlarga erishildi.