21.10.2023
O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o'zbek tili haftaligi e'lon qilindi. Hafta davomida "Eng yaxshi videorolik", " Eng savodxon o'quvchi", " Eng yaxshi ifodali o'qish" tanlovlari hamda "Til-millat ko'zgusi" mavzusida o'quvchilar o'rtasida qiziqarli viktorina bo'lib o'tdi.Adabiyot muzeyiga tashrifdan so'ng mazmunli haftani "Qadring baland bo'lsin, ona tilim!” adabiy-badiiy kechasi yakunlab berdi.Ko'tarinki ruhda o'tgan tadbirda o'quvchilar o'zlarining she'r, qo'shiq, raqs va sahna ko'rinishlari orqali o'z ona tiliga bo'lgan muhabbatlarini namoyish qilishdi.