31.10.2023
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 31-oktyabr "Milliy qadriyatlar kuni" festivaliga start berildi. Festival doirasida "Milliy libos", "Milliy raqs", "Milliy taom", "Milliy sport", "Milliy qo'shiq" nominatsiyalari bo'yicha tadbirlar kun davomida o'tkazilishi rejalashtirilgan. Akademik litseyda festival "Milliy qadriyatlar ko'rgazma" si bilan boshlandi. Ko'rgazma akademik litsey jamoasi va o'quvchilarida katta qiziqish uyg'otdi. Festival doirasida milliy liboslar namoyishi, milliy taomlar ko’rgazmasi, milliy raqs hamda milliy qo’shiq nominatsiyalari bo’yicha “Milliy qadriyatlar” ning eng faol targ’ibotchisi aniqlanib litsey ma’muriyati tomonidan rag’batlantirildi. Milliy sport yo’nalishi bo’yicha tosh ko’tarish, arqon tortish, milliy kurash sport turlaridan musobaqalar tashkillashtirildi. Musobaqa g’oliblari munosib taqdirlandi.