03.11.2023
Joriy yilning 2-noyabr kuni JIDU ALda 1-bosqich o'quvchilari hamda JIDU Xalqaro huquq fakulteti dekan muovini yurist konsult Farrux Tashev, Xalqaro huquq fakulteti katta o'qituvchisi Abdujalilov Abbos va JIDU 4-bosqich talabasi Shoxrux Qo'chqorovlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda o'quvchilarga Xalqaro huquq fakulteti faoliyati to'g'risida to'liq ma'lumot berildi. Tadbir so'ngida akademik litseyning 2-bosqich o'quvchisi Mudofaa vazirligi tomonidan o'tkazilgan "Yosh kitobxon" tanlovda faol ishtirok etgan Lutfulloxo'jayev Shoxjahon Mudofaa vazirligining diplom va esdalik sovg'a bilan taqdirlandi.