16.11.2023
Joriy yilning 16-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida JIDU akademik litseyi 1-bosqich o’quvchilari bilan “Rektor soati” tadbiri bo’lib o’tdi. Таdbirda universitet rektori S.Safoyev Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 sonli qarorini ijro qilish maqsadida, akademik litseyning 10 nafar oʼquvchisini “Аkademik litsey iftixori” stipendiyasi bilan taqdirladi. Tadbir so’ngida o’quvchilarga universitet faoliyati to’g’risida ma’lumot berildi