05.12.2023
Joriy yilning 05.12.2023 kuni JIDU akademik litseyida Goethe institutining "Maktablar: kelajak hamkorlari" loyihasi koordinatori Simon Kretschmer bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda Goehte institut bilan hamkorlik shartnomasini uzaytirish, hamkorlik doirasida kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, nemis tilini samarali o'qitishni takomillashtirish, turli madaniy-ma'rifiy loyihalarga, mahorat darslariga o'quvchi va o'qituvchilarni jalb etish haqida kelishib olindi. Shuningdek, qo'shma dastur asosida Germaniya oliy ta'lim muassasalari, jumladan Viadrina universiteti bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan rejalar haqida muzokaralar olib borildi. Simon Kretschmer Germaniyaning Klett, Hueber nashriyotlari tomonidan chop etilgan darsliklarni akademik litsey nemis tili dars mashg'ulotlarida foydalanish uchun taqdim etdi.