Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi

07.12.2023

foreign

2023-yil 1-6- dekabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi  munosabati bilan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasiga muvofiq Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti  akademik litseyida  “Konstitutsiya darslari” va Konstitutsiya tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada, “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim”  mavzusida diktantlar tanlovi,  "Konstitutsiya-kelajagimiz mash’ali" videoroliklar ko‘rik-tanlovi, “Konstitutsiya kuni”ga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.  2023-til 7-dekabr kuni "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi- mamlakatimiz taraqqiyoti huquqiy kafolati" mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Olimpiada hamda ko‘rik-tanlovda faol ishtirok etgan g‘olib va sovrindorlar akademik litsey ma’muriyati tomonidan taqdirlandi.