30.09.2022
Tadbirni Akademik litsey direktori O.Mannopova ochib berib, litsey jamoasining barcha pedagog-o‘qituvchilarini bayram bilan tabrikladi.
Ularning sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, litsey o‘quvchilarini Vatanparvarlik ruhida, har tomonlama yetuk,
barkamol, sog‘lom avlod qilib tarbiyalashda ulkan mehnatlarini alohida e’tirof etdi.
Litsey an’anasiga ko‘ra bu yilgi tadbirni “Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilari rahbarligida o‘quvchilar tomonidan
yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z ustozlarni o‘zlarining ijodiy chiqishlari bilan tabrikladilar.