Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Vatan himoyachilari kuni

Vatan himoyachilari kuni

13.01.2024

foreign

Yurtimizda Vatan himoyasi kabi sharafli ulugʻvor ishga oʻzini bagʻishlagan harbiylarimiz, katta hurmat va eʼzoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan oʻtadi. Bu kabi eʼtibor va eʼtirof masʼuliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bagʻishlaydi. O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar oʻtkazilmoqda. Jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni hamda O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Bayram tadbirida akademik litsey o‘quvchilari o‘zlari tayyorlagan sahna ko`rinishlari bilan ishtirok etishdi. Haftalik doirasida “Eng yaxshi devoriy gazeta” tanlovi, “Tosh ko‘tarish” va “Arqon tortish” kabi sport musobaqalari tashkillashtirildi. G`oliblar aniqlandi va rahbariyat tomonidan rag`batlantirildi.