25.04.2024
2024-yil 25-aprel kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida "Jadidchilik harakati va uning tarixiy ahamiyati" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatida akademik litsey ijrochi direktori, siyosiy fanlar nomzodi O.Mannopova jadidchilik harakati va uning mazmun mohiyati, jadidchilik go`yalarining bugungi kundagi ahamiyati, Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangligi haqida ma'lumot berdi. Tadbir ishtirokchilari jadidchilik harakatining vujudga kelishi, maqsad va vazifalari, harakat namoyondalari faoliyati bilan bog`liq bo`lgan qiziqarli ma'lumotlarga ham ega bo`lishdi.