Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Xalqaro hamkorlik

21.05.2024

foreign

Joriy yilning 18-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya unversiteti akademik litsey bilan Ozarbayjon Diplomatik akademiyasi oʻrtasida oʻrnatilgan hamkorlik doirasida Ozarbayjon Diplomatik akademiyasining taklifiga koʻra JIDU akademik litseyi ijrochi direktori O.Mannopova boshchigidagi o`qituvchi va o`quvchilardan iborat delegatsiya Baku shahriga jo‘nab ketdi. 

Akademik litsey vakillari tashrif davomida Ozarbayjon Diplomatik akademiyasi maktabi (ADA school) ta’lim jarayonlari, kutubxona, laboratoriya hamda o'quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, dars mashg‘ulotlarida qatnashishdi va treninglar o'tkazishdi.  JIDU AL delegatsiyasi ta'lim jarayonlaridan tashqari Boku shahrida joylashgan Geydar Aliyev markaziga tashrif buyurib, u yerda joylashgan muzey, ko'rgazmalar zalini tomosha qilib, Ozarbayjon madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishishdi.