Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Toshkent shahar IIBB xodimlari yoshlar bilan dolzarb mavzuda suhbat o`tkazishdi

Toshkent shahar IIBB xodimlari yoshlar bilan dolzarb mavzuda suhbat o`tkazishdi

17.10.2022

foreign

Jahon iqtisodiyot va diplomatiya universiteti Akademik litseyi o`quvchilari o`rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, ahloq-odob va OITS kasalligi yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi. Tadbirda Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati va Shayxontohur tumani IIO FMB mas`ul xodimlari, shuningdek, Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi vakillari hamda ushbu o`quv muassasasi o`qituvchilari ishtirok etishdi. Tadbir boshida mutaxassislar tomonidan, yoshlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan mavzu yuzasidan tushunchalar berildi, shuningdek OITS kasalligini kelib chiqish va tarqalishini oldini olish yuzasidan ma`ruza qilindi hamda shu mavzu bo`yicha tayyorlangan video-rolik namoyish etildi. Uchrashuv davomida litsey o`quvchilari o`zlarini qiziqtirgan savollariga to`liq javob olishdi.