08.11.2024
2024-yil 6 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida Mirzo Ulugbek tumani profilaktika inspektori Shahzod Boymatov ishtirokida “Yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida profilaktik tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida oʻquvchilarga mamlakatimizda qonunchilik tizimidagi oʻzgarishlar, jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, yoshlar orasida jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish toʻgʻrisida ma’ruza oʻqildi, yoshlar oʻrtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan talonchilik, firibgarlik, oʻgʻrilik kabi holatlarning hamda kiberjinoyatlarning oldini olish boʻyicha tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.