03.12.2022
2022 yil 3 dekabr kuni akademik litseyda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bagʻishlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (Phd) Hamdamova Shirin Mirzayuldashevna tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi˗ mamlakatimiz taraqqiyoti huquqiy kafolati” mavzusida interaktiv dars oʻtkazildi. Darsda Sh. Hamdamova oʻquvchilarga Kontitutsiyaning mazmun-mohiyati, Konstitutsiya islohatlar haqida batafsil maʼlumot berdi. Dars jarayonida oʻquvchilar bilan Konstitutsiya boʻyicha, huquqiy savodxonlik toʻgʻrisida qiziqarli savol-javoblar boʻldi.