Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

Qizlar salomatligi – kelajak poydevori

04.02.2025

foreign

           2025-yil 3-fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchi-qizlar uchun «Erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari» mavzusi doirasida Reproduktiv salomatlik va unga monelik qiluvchi omillar haqida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda soha mutaxassislari akademik litsey hamshirasi B.Safayeva va psixolog M.Tolibjonova ishtirok etdilar va mavzuga oid ma’lumotlar berdilar.
Davra suhbati davomida stressni yengish haqida gapirildi va qiziqarli trening o‘tkazildi.
Uchrashuv so‘ngida oʻquvchi qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.