14.12.2022
Joriy yilning 13-dekabr kuni akademik litseyimizda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xodimi Jahongir Meliqo‘ziyev ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Unda davlat va din munosabatlari, islom dinining asl mohiyati, radikal, ekstremistik g‘oyalar to‘riga ilinishning ayanchli oqibatlari, mazkur jarayonlarda Prezidentimiz tomonidan eng yuqori minbarlar orqali ilgari surib kelinayotgan “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” g‘oyasining ahamiyati tobora ortib borayotgani ta’kidlandi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga “Soxta da’volar” nomli ibratli film namoyish etildi. Mazkur filmda talaba-yoshlar giyohvandlik, mutaassiblik va terrorning qanchalik xatar va xavf manbai ekanligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ldilar.