20.12.2022
Joriy yilning 20.05.2022 kuni JIDU akademik litseyida Goethe institutining "Maktablar: kelajak hamkorlari" loyihasi koordinatori Simon Kretschmer, Goethe institutining "Tillar bo'limi" boshlig'i D.Muhammadaminovalar bilan birgalikda hamkorlikni uzaytirish bo'yicha navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda kelgusida hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, nemis tilini samarali o'qitishni takomillashtirish, turli madaniy-ma'rifiy loyihalarga, mahorat darslariga o'quvchi va o'qituvchilarni jalb etish haqida kelishib olindi. Shuningdek, qo'shma dastur asosida Germaniya oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish, Memorandum loyihasini ishlab chiqish haqida muzokaralar olib borildi.