09.07.2025
2025-yil 9-iyul "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida JIDU akademik litseyi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchilari tomonidan litsey o'quvchilari va litseyga kiruvchilar uchun Tarix fani to'garagining (rus tilida) navbatdagi mashg'ulotlari o'tkazildi. Mashg'ulot davomida tarix fanidan Milliy sertifikat va kirish imtihonlariga tayyorgarlik va test ishlash texnologiyasi va metodikasi haqida ma'lumotlar berildi hamda testlar tahlili o'tkazildi.