25.08.2025
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi ijrochi direktori Mannopova Oydinxon Sultonaliyevna II darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlandi.