03.09.2025
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 2025-yil 3-sentyabrda davlatimiz mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan "Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan "Mustaqillik darslari" darslari tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar doirasida akademik litsey o‘quvchilari poytaxtning tarixiy va madaniy maskanlari - “Mustaqillik maydoni”, “Shahidlar maydoni”, “Shon-shuhrat muzey”ga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida o‘quvchilar O‘zbekiston tarixi, xalqimizning mustaqillik uchun olib brogan kurashi va bugungi taraqqiyoti aks etgan tarixiy eksponantlar bilan tanishdi.