10.09.2025
9-10-sentabr kunlarida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida muhim tadbirlardan biri – litsey rahbariyatining 1-bosqich oʻquvchilari bilan uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi – yangi oʻquv yilida litseyga qabul qilingan oʻquvchilarni kutib olish, ularga litseydagi taʼlim jarayoni, ichki tartib-qoidalar, intizomiy talablar hamda taʼlim va tarbiya borasidagi ustuvor yoʻnalishlar haqida batafsil maʼlumot berishdan iborat boʻldi.
Tadbirda akademik litsey direktori O.Mannopova va direktor oʻrinbosarlar M.Toʻxtaboyeva, E.Xolmatovlar soʻzga chiqib, oʻquvchilarga muvaffaqiyatli oʻquv yili tiladi, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar, dars jarayonlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan yangiliklar bilan tanishtirdi.
Yangi bosqichga qadam qoʻygan oʻquvchilar oʻzlarining fikrlari va savollarini bildirib, rahbariyat bilan ochiq muloqotda boʻlish imkoniyatiga ega boʻldi.
Uchrashuv samimiy va iliq muhitda oʻtib, oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Bu kabi uchrashuvlar litseyda doimiy ravishda tashkil etilib, oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish va ular bilan yaqin muloqotni yoʻlga qoʻyishda muhim ahamiyat kasb etadi.