Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning ulug‘ qadriyati

Ustozlarga ehtirom – jamiyatimizning ulug‘ qadriyati

30.09.2025

foreign

       30-sentabr kuni akademik litseyda “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim sana munosabati bilan litsey o‘quvchilari ustoz va murabbiylarni tantanali tarzda kutib oldilar.
Bayram tadbiri samimiy va iliq muhitda o‘tdi. Unda ustozlarga  esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlod qalbida ustozlarga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamlash, ta’lim sohasidagi fidokor insonlarni e’zozlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ustoz – jamiyat bunyodkori. Uning mehnati tufayli kelajagimiz porloq, xalqimizning ertangi kuni esa ishonchli bo‘ladi.