02.10.2025
2025 yil 2-oktyabr kuni akademik litseyda “Oqituvchilar va Ustozlar” kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim kunda, mehribon ustozlarimizning sabr-toqati, bilim va tarbiyani yosh avlodga yetkazishda qilgan mashaqqatli mehnatlari e’tirof etildi.
Tadbirda talabalar o‘zlarining iliq tabriklari, she’rlar va sahna chiqishlari bilan ustozlariga bo‘lgan minnatdorchiliklarini bildirdilar.
Yana bir bor Bayramingiz Muborak Bo‘lsin, Aziz Ustozlar!