02.10.2025
Joriy yilning 30-sentyabrida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Akademik litseyida Koreyaning Woosong universiteti bilan hamkorlik boʻyicha muzokazalar boʻlib otdi. Unda Woosong universiteti xalqaro boʻlim boshligʻi Dr. Yoo-Taek Lee va Akademik litsey xalqaro qoʻshma dasturlar koordinatori M.Sanayev ishtirok etdi. Muzokaralar jarayonida tomonlar oʻzlariga tegishli taʼlim muassasalari faoliyati, oʻquv dasturlari, yoʻnalishlari hamda xalqaro hamkorlik tajribalari haqida batafsil maʼlumot almashishdi. Uchrashuv davomida ikki tomonlama manfaatli hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari koʻrib chiqildi. Xususan, qoʻshma taʼlim dasturlari, oʻqituvchi va oʻquvchilar malakasini oshirish dasturlari, seminar va konferensiyalar tashkil etish kabi yoʻnalishlarda kelgusida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan loyihalar yuzasidan muayyan kelishuvlarga erishildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar doʻstona va iliq munosabatlarni mustahkamlash ramzi sifatida bir-birlariga esdalik sovgʻalar topshirishdi.