06.10.2025
Joriy yilning 6- oktyabr kuni JIDU akademik litseyi direktori O.S.Mannopova hamda Germaniyaning Viadrina universiteti rektori, professor Eduard Mühle o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda tomonlar o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlik istiqbollari, o‘quv jarayonida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarning xalqaro ta’lim tizimiga integratsiyasini ta’minlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Professor Eduard Mühle Viadrina universitetining xalqaro aloqalar borasidagi tajribasi, o‘quv dasturlari va akademik almashinuv imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. O‘z navbatida, O.S.Mannopova JIDU akademik litseyining faoliyati, o‘quvchilarning yutuqlari hamda xalqaro loyihalarga bo‘lgan qiziqishini ta’kidladi.
Uchrashuv chogida hamkorlik doirasidagi istiqbolli rejalar, ta’lim jarayoniga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish, shuningdek, hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish borasida kelishib oldilar.