06.10.2025
Joriy yilning 6- oktyabr kuni Germaniyaning Viadrina universiteti rektori, professor Eduard Mühle, universitetning Fast Track qo'shma loyihasi koordinatori janob Sergei Melcher, hamda mazkur universitetning professor-o‘qituvchilari uchun madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Viadrina qo'shma ta'lim dasturi o'quvchilari tashrif buyurgan mehmonlar uchun Germaniya madaniyatiga oid sahna ko'rinishlar, kuy va qo'shiqlarni ijro etdilar. Shuningdek, o‘quvchilar tomonidan o'zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi milliy kuy-qo'shiqlar ham tarannum etildi.
Mazkur tadbir o‘zaro madaniy almashinuvni rivojlantirish, xalqaro do'stlik rishtalarini mustahkamlash hamda ta’lim hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qildi.