20.01.2023
Joriy yilning 6-7 yanvar kunlari JIDU akademik litseyining kichik faollar zalida "Xorijiy tillar" kafedra o'qituvchilari tomonidan navbatdagi seminar-trening o'tkazildi. Seminar treningda xorijiy tillarni o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning qo'llanilishi, harakatli o'yinlarning ahamiyati, darsni samarali tashkil etish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi, noan'anaviy metodlar bilan o'rtoqlashildi. Ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish mahorati, ularni amaliyotda joriy etish bo'yicha ko'rsatmalar berdilar. Interfaol tarzda o'tkazilgan seminar-treningda ishtirokchilar katta va kichik guruhlarga bo'lingan holda ish olib borib, mavzularni o'zlashtirishda aqliy hujum, bahs-munozara va boshqa samarali uslublardan foydalanildi. Olingan bilim va ko'nikmalarni kelgusida amaliyotda qo'llash va ommalashtirishga kelishib olindi.