Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Tadbirkorlikni rivojlantirish-barqaror taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati

“Tadbirkorlikni rivojlantirish-barqaror taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati

25.10.2025

foreign

Joriy yilning 25-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchilarning tadbirkorlik sohasiga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish-barqaror taraqqiyot asosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahar xotin-qizlarni qo`llab quvvatlash markazi direktori Sayyora Djurayeva, “XONSAROY” brendi asoschisi Farida Qulmatova, “NURAVSHON NUR” asoschisi Muhabbat Toshmuhammedova, “STANDARD POLIGRAF SERVICE”  rahbari Diloram Isroilova, “AVALON” brendi asoschi, biznes trener Sherzod Beknazarovlar   ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlar o‘z faoliyati, muvaffaqiyatga erishish yo‘lidagi tajribalari, biznesni boshlash bosqichlari, marketingning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari haqida foydali maslahatlar berishdi.