27.10.2025
2025-yil 27-oktabr kuni JIDU akademik litseyida navbatdagi “Kelajak soati” darsi “Jahon va O‘zbekiston” mavzusiga bag‘ishlandi. Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi o‘quvchilarda global jarayonlar va mamlakatimizning xalqaro maydondagi o‘rni haqida kengroq tushuncha hosil qilish, ularda vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
Dars davomida o‘quvchilarga jahon miqyosida kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va ekologik o‘zgarishlar, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi hamda mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lidagi sa’y-harakatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar “Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot va ochiqlik sari” shiori asosida mustaqil fikr yuritish, tahliliy savollarga javob berish va munozarada faol ishtirok etish orqali o‘z bilimlarini mustahkamlashdi.
Dars yakunida o‘quvchilarga bugungi kunda har bir yoshning dunyo siyosiy jarayonlaridan xabardor bo‘lishi, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashi mamlakatimiz kelajagi uchun naqadar muhim ekani ta’kidlab o‘tildi.