14.11.2025
2025-yil 7-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Shayxontohur tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ziyoda Tuychiboyeva Najmiddinovna, RPC akusher-ginekologi Nilufar Ergasheva Shukurovna hamda Toshkent shahar diniy qo‘mitasi targ‘ibot ishlari yetakchisi, psixolog Nilufar Ergasheva Fazliddinova ishtirokida litsey o‘quvchi qizlar bilan “Erta turmush va erta tug‘ruqning oqibatlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida mutaxassislar erta nikoh va onalikning ijtimoiy hamda sog‘liq uchun salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi. Tadbir qizlar uchun foydali, ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tdi.