14.11.2025
2025-yil 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida an’anaviy “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi tur bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir yoshlarni mustaqil fikrlashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, litsey o‘quvchilari orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
O‘yin davomida turli fanlar bo‘yicha murakkab savollar berildi, jamoalar esa o‘z bilim va zukkoliklarini namoyon etdilar. Bellashuv jarayoni qizg‘in va sermazmun ruhda o‘tdi. Ishtirokchi jamoalarning faolligi, ularning bilimga chanqoqligi hamda fikrni tezkorlik bilan ifodalash mahorati alohida e’tirofga loyiq bo‘ldi.
Tadbir yakunida g‘olib va faol jamoalar taqdirlanib, ularga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Akademik litseyda bundan buyon ham “Zakovat” o‘yinlari muntazam o‘tkazilib, iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ishlari davom ettiriladi.