Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Direktor kubogi finali bo‘lib o‘tdi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Direktor kubogi finali bo‘lib o‘tdi

14.11.2025

foreign

      Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida mini futbol bo‘yicha  Direktor kubogi musobaqasining final o'yini bo‘lib o‘tdi. Yakuniy uchrashuvda AFR6-25 guruhi va AF3-25 guruhi o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashdi.

      Final uchrashuvi yuqori darajadagi raqobat va qizg‘in kurash ruhida o‘tdi. Har ikki jamoa ham musobaqa davomida o‘zining jipsligi, mahorati va sportga bo‘lgan yuksak qiziqishini namoyish etdi.
     O'yin yakuniga ko'ra AFR6-25 guruhi o'quvchilari g'alaba qozondi.
Mazkur musobaqa o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.