15.11.2025
2025-yil 13-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvning asosiy maqsadi – yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilayotgan faxriylar, o‘qituvchilar va yosh avlod o‘rtasida uzviy bog‘liqlikni mustahkamlash, ularning hayotiy tajribasini yoshlarga yetkazish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
Tadbirda nuroniylar, litseyda uzoq yillar faoliyat yuritgan ustozlar, bitiruvchilar hamda bugungi kunda o‘qiyotgan iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi. Mehmonlar o‘z faoliyati davomida to‘plagan tajribalari, yurt ravnaqi yo‘lida qilgan xizmatlari, yoshlarga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.
Shuningdek, hozirgi yoshlarning ilmiy izlanishlari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, kasb tanlashdagi muhim jihatlar yuzasidan ochiq muloqot tashkil qilindi. O‘quvchilar mehmonlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, qimmatli maslahatlar oldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga minnatdorlik bildirildi va yoshlarni Vatan ravnaqi yo‘lida mas’uliyatli, bilimli va tashabbuskor bo‘lishga chaqirildi.