Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Joriy yilning 26 yanvar kuni JIDU akademik litseyida Goethe institutining "Maktablar: kelajak hamkorlari" loyihasi koordinatori Simon Kretschmer bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi

Joriy yilning 26 yanvar kuni JIDU akademik litseyida Goethe institutining "Maktablar: kelajak hamkorlari" loyihasi koordinatori Simon Kretschmer bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi

26.01.2023

foreign

Joriy yilning 26 yanvar kuni JIDU akademik litseyida Goethe institutining "Maktablar: kelajak hamkorlari" loyihasi koordinatori Simon Kretschmer bilan navbatdagi uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur uchrashuvda kelgusida  hamkorlik doirasida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar, nemis tilini samarali o'qitishni takomillashtirish, turli madaniy-ma'rifiy loyihalarga, mahorat darslariga o'quvchi va o'qituvchilarni jalb etish haqida kelishib olindi. Shuningdek, qo'shma dastur asosida Germaniya oliy ta'lim muassasalari, jumladan Marburg, Viadrina universitetlari bilan hamkorlikni tizimli yo'lga qo'yish haqida muzokaralar olib borildi. Simon Kretschmer Germaniyaning Klett, Hueber nashriyotlari tomonidan chop etilgan darsliklarni akademik litsey nemis tili dars mashg'ulotlarida foydalanish uchun taqdim etdi.