Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Akademik litseyda EMIS AL tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildiv

Akademik litseyda EMIS AL tizimi bo‘yicha seminar tashkil etildiv

05.01.2026

foreign

     2025 yil 29 dekabr kuni akademik litseyda o‘qituvchilar uchun chuqurlashtirilgan fanlar bo‘yicha direktor o'rinbosari M. Soliev tomonidan “Akademik litseylarda ta’lim jarayonlarini boshqarish – EMIS AL tizimida ishlash ko‘nikmalari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar davomida ishtirokchilarga EMIS AL axborot tizimining imkoniyatlari, ta’lim jarayonini samarali boshqarish, elektron hujjatlar bilan ishlash, o‘quvchilar va o‘qituvchilar faoliyatini tizim orqali monitoring qilish bo‘yicha amaliy tushunchalar berildi. Shuningdek, tizimdan foydalanishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Mazkur seminar o‘qituvchilarning raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayonida zamonaviy axborot tizimlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etdi.