05.01.2026
Joriy yilning 5-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘qituvchilar uchun “Ta'limda o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mazkur seminar litseyning xalqaro qo‘shma dasturlar bo‘yicha koordinatori M.E. Sanayev tomonidan olib borildi.
Seminar-trening davomida o‘quvchilar bilan samarali muloqot o‘rnatish, ularning akademik va shaxsiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, motivatsiyani oshirish hamda xalqaro dasturlar doirasida ta’lim sifatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi. Trening interaktiv shaklda o‘tkazilib, unda o‘qituvchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar hamda amaliy tavsiyalar oldilar.
Ushbu seminar-trening o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish va o‘quvchilarga ko‘rsatilayotgan pedagogik qo‘llab-quvvatlashni yanada takomillashtirishga xizmat qildi.