Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

TА'LIM JАRАYONIDА SUN'IY INTELEKTDАN FOYDАLАNISHNING O'ZIGА XOS JIHАTLАRI

TА'LIM JАRАYONIDА SUN'IY INTELEKTDАN FOYDАLАNISHNING O'ZIGА XOS JIHАTLАRI

07.01.2026

foreign

      Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida joriy yilning 7-yanvar kuni informatika fani o‘qituvchisi I. Abduraximov tomonidan “Ta’lim jarayonida sun’iy intellektdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari” mavzusida seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

      Mazkur seminar ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda dars samaradorligini yanada yuksaltirish masalalariga bag‘ishlandi. Seminar davomida sun’iy intellekt asosida ishlovchi dastur va platformalardan ta’lim jarayonida foydalanish usullari, ularning afzalliklari hamda amaliy qo‘llanilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

     Shuningdek, ishtirokchilar bilan interaktiv muloqot tashkil etilib, mavzu doirasida fikr almashildi va dolzarb savollarga javoblar berildi. Seminar ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan muhim tadbirlardan biri sifatida yuqori qiziqish bilan o‘tdi.