21.01.2026
21-yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti аkademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor еlchisi B.Ashrafxonov, Shvetsiya Qirolligining Favqulodda va Muxtor elchisi R.Nurimbetov, Oʻzbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi K.Gadoyev, Qirgʻiziston Respublikasining Favqulodda va Muxtor elchisi S.Niyazxodjayevlar ishtirokida rejaga asosan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tajribali diplomatlar tomonidan zamonaviy xalqaro munosabatlar, diplomatiyaning tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi oʻrni, Oʻzbekiston tashqi siyosatining ustuvor yoʻnalishlari hamda elchilik faoliyatining amaliy jihatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Elchilar oʻzlarining koʻp yillik kasbiy tajribalariga tayangan holda diplomatik muzokaralar, xalqaro hamkorlik, madaniy va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish borasidagi muhim jihatlar bilan oʻrtoqlashdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 2020-yil 3-dekabrdagi PQ-4910 sonli qaroriga muvofiq Akademik litseyning 5 nafar o‘quvchisi Asosiy fan olimpiadasining III (Toshkent shahar) bosqichida faxrli oʻrinlarni egallagani uchun «Akademik litseyimiz iftixori» stipendiyasi bilan taqdirlandi va o‘z mukofotlarini faxriy mehmonlar qoʻlidan oldi.