Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlandi

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi nishonlandi

09.02.2026

foreign

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 9-fevral — buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobokalonimiz tavalludining 585 yilligi yurtimizning barcha go‘shalarida bo‘lgani kabi katta ko‘tarinkilik bilan nishonlandi.

    Mazkur sana munosabati bilan litseyimizda shoirning boy adabiy va ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, yosh avlod qalbida milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash maqsadida shoir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan qiziqarli viktorina tashkil etildi.

    Tadbir davomida o‘quvchilar Alisher Navoiyning hayoti, ijodi, asarlari va ularning mazmun-mohiyati yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Viktorina jarayoni faol, bahs-munozaralarga boy va yuqori saviyada o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarining bilimdonligi, zukkoligi va ijodiy yondashuvlari bilan ajralib turdilar.

    Mazkur tadbir yoshlarning buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularni ma’naviy yetuk, vatanparvar va barkamol insonlar etib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi. Buyuk mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy bobokalonimiz tavalludining 585 yilligiga bag'ishlangan tadbirlar hafta davomida davom etadi.