Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“Ustoz va shogird Nafosati

“Ustoz va shogird Nafosati

06.03.2026

foreign

       2026-yil 5-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan “Ustoz va shogird Nafosati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbir ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, ustoz-shogird an’analarini targ‘ib qilish hamda yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.
       Tadbir davomida litsey o‘qituvchilari va o‘quvchi-qizlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Ayniqsa, ustoz va shogird o‘rtasidagi samimiy munosabat, bilim va tarbiya uzviyligi aks etgan chiqishlar tadbirga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
       Shuningdek, litsey jamoasi tomonidan faol, tashabbuskor hamda o‘qish va jamoat ishlarida alohida namuna ko‘rsatayotgan o‘quvchi-qizlarga bayram tabriklari bildirildi. Tadbir davomida ustozlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularning jamiyatdagi o‘rni va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos hissasi alohida ta’kidlandi.
“Ustoz va shogird Nafosati” tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, barcha ishtirokchilarga bayramona ruh ulashdi.