Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

“ADA xalqaro maktabi”

“ADA xalqaro maktabi”

27.03.2026

foreign

       Joriy yilning 20–26-mart kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (JIDU) akademik litseyi hamda Ozarbayjon Respublikasining “ADA xalqaro maktabi” o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan xalqaro hamkorlik doirasida mazkur maktab delegatsiyasining akademik litseyga o‘quv-amaliy tashrifi tashkil etildi. 
      Tashrif davomida “ADA xalqaro maktabi” delegatsiyasi a’zolari akademik litsey hayoti bilan yaqindan tanishib, turli fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Ular dars jarayonlarida qo‘llanilayotgan zamonaviy ta’lim metodlari, interaktiv yondashuvlar va innovatsion texnologiyalar bilan tanishib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdilar. 
      Delegatsiya qadimiy va navqiron shaharlar — Samarqand va Toshkentning tarixiy obidalari, zamonaviy infratuzilmalari hamda diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishib, O‘zbekistonning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari va zamonaviy taraqqiyoti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Tashrifning eng yorqin voqealaridan biri Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida tashkil etilgan Navro‘z bayrami tadbirida ishtirok etish bo‘ldi.