Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

AHMADJON MELIBOEV bilan ijodiy uchrashuv

AHMADJON MELIBOEV bilan ijodiy uchrashuv

15.05.2026

foreign

      2026-yil 14-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboev bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Mazkur tadbir o‘quvchi-yoshlarning adabiyotga, jurnalistika sohasiga va kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Uchrashuv davomida mehmon o‘zining boy ijodiy faoliyati, jurnalistikadagi ko‘p yillik tajribasi hamda adabiyot va matbuotning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida samimiy fikr-mulohazalarini bildirdi.

     Ahmadjon Meliboev yoshlarni mutolaa qilishga, keng fikrlashga, mustaqil izlanishga va o‘z ustida muntazam ishlashga da’vat etdi. Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarning ma’naviy kamolotida kitobning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladi.

    Tadbir savol-javoblarga boy va samimiy ruhda o‘tdi. O‘quvchilar mehmonning hayot yo‘li, ijodiy faoliyati, jurnalistika sir-asrorlari hamda muvaffaqiyatga erishish yo‘llari haqidagi savollariga batafsil javob oldilar.

    Mazkur ijodiy uchrashuv litsey o‘quvchilari uchun katta taassurot qoldirib, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitishda hamda ijodga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.