Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINLARIGA START BERILDI

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA “ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O‘YINLARIGA START BERILDI

21.09.2026

foreign

          2026-yil 19-sentabr, shanba kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, mantiqiy va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, bilimga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yinlariga start berildi.
Musobaqaning dastlabki bosqichida o‘quvchilar jamoalar tarkibida ishtirok etib, turli yo‘nalishlarga oid mantiqiy, tarixiy, ilmiy va umumiy bilimlarga asoslangan savollarga javob berdilar.
O‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilimlarini namoyon etish bilan bir qatorda, jamoaviy ishlash, tezkor fikrlash, tahlil qilish va to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini ham sinovdan o‘tkazdilar.
“Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidorli va bilimga chanqoq yoshlarni aniqlash hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Musobaqaning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, bilim va salohiyatlarini yanada rivojlantirishga qaratilgan intellektual bellashuvlar davom ettiriladi.
JIDU akademik litseyi — bilim, tafakkur va intellekt maskani!