Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA STOL TENNISI BO‘YICHA AKADEMIK LITSEY BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA STOL TENNISI BO‘YICHA AKADEMIK LITSEY BIRINCHILIGI O‘TKAZILDI

21.09.2026

foreign

        2026-yil 19-sentabr, shanba kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha akademik litsey birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada akademik litseyning 60 nafar o‘quvchisi faol ishtirok etdi. Bellashuvlar qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, chaqqonligi, tezkorligi va musobaqaga tayyorgarlik darajasini namoyish etdilar.
Musobaqa davomida o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllanib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etish uchun keng imkoniyat yaratildi.
Mazkur sport tadbiri o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.
JIDU akademik litseyida o‘quvchilarning jismoniy va ma’naviy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan sport musobaqalari muntazam ravishda davom ettiriladi.