Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA MA’NAVIYAT TIMSOLI

DAVLAT TILI — MILLIY QADRIYAT VA MA’NAVIYAT TIMSOLI

23.10.2026

foreign

          2026-yil 22-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni akademik litsey direktor o‘rinbosari M.Soliyev ochib berdi hamda o‘z tabrik so‘zida ona tilimizning milliy o‘zlikni anglash, ma’naviy merosni asrab-avaylash va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi beqiyos o‘rnini ta’kidladi. 
         Tadbirning faxriy mehmonlari — O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori Z.Muqimova hamda mazkur institut Sotsiolingvistika bo‘limi katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) D.Ro‘zimatova o‘zbek tilining taraqqiyoti, uning jamiyat hayotidagi o‘rni va bugungi kundagi nufuzi haqida mazmunli ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.
Tadbir davomida akademik litsey o‘quvchilari tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Badiiy chiqishlarda o‘zbek tilining go‘zalligi, boyligi va betakror jozibasi, shuningdek, uni asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazish har birimizning muqaddas burchimiz ekani ifoda etildi.
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbir o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat va davlat tiliga daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.
Ona tilimiz — millatimiz faxri, ma’naviyatimiz ko‘zgusi va milliy o‘zligimiz timsolidir!