26.10.2026
2026-yil 26-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Yaponiyaning yetakçi oliy ta’lim muassasalari vakillari iştirokida uçraşuv va taqdimot tadbiri bölib ötdi.
Tadbir davomida Yaponiya universitetlari vakillari öquvçilarga öz oliy ta’lim muassasalari, ta’lim yönalişlari, xalqaro ta’lim imkoniyatlari hamda xorijda tahsil oliş istiqbollari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Taqdimotlar öquvçilarning Yaponiya oliy ta’lim tizimi, xalqaro akademik dasturlar va xorijiy universitetlarga kiriş imkoniyatlari haqidagi bilimlarini kengaytirişga xizmat qildi.
Tadbirda Waseda University vakili Fujita Yu, Hyogo University vakillari Çihara Satoşi, Tamas Carmen va Saddam Khalid, Hokkaido University vakili Sasada Hironori. Hosei University vakili Takehara Ryuji, Toyo University vakillari Yuda Miwa va Çinatsu Watanabe, şuningdek, International College of Liberal Arts at Yamanaşi Gakuin University vakili Abduraximova Sevinç iştirok etdi.
Uçraşuv doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi direktori O. Mannopova Yaponiya universitetlari vakillari bilan kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordi. Suhbat davomida ta’lim sohasidagi xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, öquvçilar uçun yangi akademik imkoniyatlar yaratiş hamda universitetlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur uçraşuv akademik litsey öquvçilarining xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytiriş, ularni nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olişga rag‘batlantiriş va xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlaş yölidagi muhim qadamlardan biri böldi.