Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

FAVQULODDA HOLATLARDA HARAKATLANISH TARTIBI BO‘YICHA AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

FAVQULODDA HOLATLARDA HARAKATLANISH TARTIBI BO‘YICHA AMALIY O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI

04.11.2026

foreign

        2026-yil 3-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-sentabrdagi 754-son “Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Shayxontohur tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Favqulodda holatlarda harakatlanish tartibi” mavzusida amaliy o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mashg‘ulotda FVV boshqarmasi vakili, kapitan Raxmatxo‘jayev A.A. ishtirok etdi. Tadbir davomida o‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari, xavfsizlik choralari hamda maxsus xizmat texnikalarining vazifalari haqida ma’lumot berildi.
Amaliy mashg‘ulot o‘quvchilarning favqulodda vaziyatlarda xavfsiz harakatlanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qildi.