Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA «DLT TASHKENT 2026» RESPUBLIKA KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

JIDU AKADEMIK LITSEYIDA «DLT TASHKENT 2026» RESPUBLIKA KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI

06.11.2026

foreign

     Joriy yilning 5–6-noyabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyda “DLT TASHKENT 2026” dasturi doirasida nemis tili o‘qituvchilari uchun respublika miqyosidagi anjuman bo‘lib o‘tdi.
Mazkur anjumanda JIDU akademik litseyining 1–2-bosqich qo‘shma dastur o‘quvchilari ham faol ishtirok etib, “Ikki til – ikki madaniyat” nomli badiiy sahna ko‘rinishini namoyish etdilar.
Sahna chiqishida ikki xalqning boy madaniy merosi, milliy qadriyatlari, urf-odat va an’analari o‘ziga xos tarzda aks ettirildi. O‘quvchilar tomonidan ijro etilgan chiqishlar orqali nemis va o‘zbek xalqlarining madaniy o‘xshashliklari hamda o‘ziga xos jihatlari namoyon etildi.
Ushbu sahna ko‘rinishi nafaqat o‘quvchilarning nemis tiliga bo‘lgan qiziqishi va ijodiy salohiyatini, balki turli xalqlar madaniyatiga hurmat, bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotga intilishini ham yaqqol ifoda etdi.
Anjuman doirasidagi mazkur chiqish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, til o‘rganish orqali boshqa xalq madaniyatini anglash va qadrlash muhimligini yana bir bor namoyon etdi.