28.09.2023
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida sentabr oyida o‘tkaziladigan Pedagogik kengash yig‘ilishida ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda yangi o‘quv yiliga oid dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
Pedagogik kengash qarorlarining bajarilishi va ijrosi tahlili.
“Ustoz va murabbiylar” kuniga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish yuzasidan axborot.
2022–2023-o‘quv yili bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi va ularning bandligini ta’minlash to‘g‘risida axborot.
2023–2024-o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha “Maslahat guruhi”ning hisoboti.
Pedagogik kengash yig‘ilishi ta’lim sifatini oshirish, ta’lim muassasasida samarali ish faoliyatini tashkil etish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilashga xizmat qiladi.