29.05.2024
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida may oyida Pedagogik kengash yig‘ilishi o‘tkaziladi. Yig‘ilish davomida ta’lim jarayoni samaradorligi, o‘quvchilarning bilim natijalari, bitiruvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorlash hamda yangi o‘quv yiliga qabul jarayoniga oid masalalar muhokama qilinadi.
Yig‘ilish kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin olgan:
Aprel oyida o‘tkazilgan yig‘ilish qarorlarining bajarilishi va tahlili.
Fanlardan 2-oraliq nazorat natijalari va tahlili.
Akademik litsey bitiruvchi kurs o‘quvchilarining Yakuniy davlat attestatsiyasiga tayyorgarligi hamda uni yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etish masalalari.
Akademik litseyda 2023–2024-o‘quv yiliga o‘quvchilarni qabul qilish bo‘yicha “Maslahat guruhi” ishlarini tashkil etish to‘g‘risida axborot.
Turli masalalar.
Pedagogik kengash yig‘ilishi ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash, bitiruvchilarni yakuniy imtihonlarga puxta tayyorlash hamda kelgusi o‘quv yiliga qabul jarayonini samarali tashkil etishga qaratilga